Vazirlar mahkamasi quyosh energiyasiga o‘tdi
13/03
Endilikda Vazirlar Mahkamasi binosi quyosh batareyalari hisobiga kunduzi to‘liq elektr energiyasi bilan ta’minlangan.
Toshkent shahrida O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi hududida quvvati 630 kVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyasi ishga tushirildi. U yiliga 1,1 million kVt/soatdan ortiq elektr energiyasi ishlab chiqarish quvvatiga ega, deb xabar berdi Energetika vazirligi matbuot xizmati.
Stansiya Vazirlar Mahkamasi binosini kunduzi to‘liq elektr energiyasi bilan ta’minlaydi. Ortiqcha elektr energiyasini elektr tarmog'iga yuborish mumkin, deyiladi xabarda.
Stansiya Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishni kengaytirish borasida belgilangan vazifalar ijrosi doirasida barpo etildi.
"Biz barcha vazirlik va idoralarni ushbu tashabbusni amalga oshirishga qo'shilishlarini so'raymiz", - deya chaqirdi Energetika vazirligi.
O'xshash yangiliklar
13/ 03
Тошкентдаги шаҳар ва туманлар бюджетларидан молиялаштириладиган 1063 та ташкилотга (болалар боғчаси, мактаб, шифохона, бюджет ташкилотлари) қуёш батареяларини ўрнатиш учун 390 миллиард сўмдан ортиқ маблағ йўналтириш режалаштирилмоқда. Бу халқ депутатлари пойтахт кенгашининг 20 февралдаги қарорида назарда тутилган.
09/ 03
Ўзбекистонда 1 майдан бошлаб фойдаланишга топшириладиган кўп қаватли уйлар томлари бўш қисмининг камида 50 фоизида қуёш панелларини ўрнатиш талаби жорий этилади
13/ 03
Oʻzbekiston poytaxtida qayta tiklanadigan energiya manbalarini joriy etish uchun 1 milliard dollar ajratish rejalashtirilmoqda, dedi prezident. Quyosh panellari binolar va boshqa ob'ektlarga o'rnatiladi. Davlatga aholi va tadbirkorlik subyektlaridan ortiqcha energiyani sotib olish kafolatlanadi.