Namangan shahridagi to‘rtta turar-joy binosi quyosh batareyalari bilan jihozlangan

Namangan shahridagi to‘rtta turar-joy binosi quyosh batareyalari bilan jihozlangan

09/03

Namangan shahridagi to‘rtta yangi uyning tom qismiga maishiy texnikani avtonom elektr energiyasi bilan ta’minlash imkonini beruvchi 192 quyosh batareyasi o‘rnatildi. BMTTDning umumiy qiymati 1,32 milliard so‘m bo‘lgan ushbu loyihasi Qoraqalpog‘iston, Qashqadaryo, Toshkent va Buxoro viloyatlarini ham qamrab oladi.

Namanganda 96 ta xonadon joylashgan to‘rtta uyning tom qismiga umumiy quvvati 58 kilovatt bo‘lgan quyosh batareyalari o‘rnatildi, deb xabar berdi Energetika vazirligi matbuot xizmati.

Loyiha Sun-Hightech kompaniyasi tomonidan BMT Taraqqiyot Dasturi/GEF (Global Ekologik Fond) koʻmagida Oʻzbekiston Qurilish vazirligi bilan hamkorlikda “Qishloq joylarda energiya tejamkor uy-joy qurilishini rivojlantirishga koʻmaklashish” loyihasi bilan amalga oshirildi.

Uychi tumanidagi yangi to‘rt qavatli uylarga jami 192 dona quyosh batareyasi o‘rnatildi. Ular markaziy elektr ta'minotidan mustaqil ravishda maishiy texnika, jumladan yorug'lik moslamalari, televizorlar, muzlatgichlar va kompyuterlarni quvvat bilan ta'minlashga imkon beradi.

Ushbu quyosh batareyalariga uzluksiz texnik xizmat ko‘rsatishni ta’minlash maqsadida kompaniya ushbu uylardan birida yashovchi yosh mutaxassisni ishga oldi.

BMTTDning 1 milliard 320 million soʻmlik grant loyihasi doirasida Oʻzbekistonning beshta viloyati qamrab olinadi. Quyosh panellari Namangandan tashqari Qoraqalpog‘iston, Toshkent, Buxoro va Qashqadaryo viloyatlarida ham o‘rnatiladi.